Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vashingtonda 14-iyun kuni harbiy parad o‘tkaziladi

Vashingtonda 14-iyun kuni harbiy parad o‘tkaziladi

Foto: Getty Images

Vashingtonda 14-iyun kuni AQSh armiyasining 250 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkaziladi, deb xabar berdi The Washington Post.

Parad maydoni bo‘ylab o‘nlab M1 Abrams tanklari, BMP (Bradley) va BTR (Stryker)lar, shuningdek, 34 ta ot, ikkita xachir va it o‘tadi, deyiladi xabarda.

Paradning havo dasturidan poytaxt osmoni uzra 50 ta vertolyot uchib o‘tishi, parashyutchilarning Oq uy oldidagi maysazorga sakrashi o‘rin olgan.

Harbiylarning hisob-kitoblariga ko‘ra, paradga 25–45 million dollar atrofida mablag‘ sarflanadi.

Yana bir ma’lumot, 14-iyun — Donald Trampning tug‘ilgan kuni, 79 yoshini qarshilaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring