Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Valverde «Barselona»ga xayrlashuv maktubi yozdi

Valverde «Barselona»ga xayrlashuv maktubi yozdi

Foto: «Livesport»

Ernesto Valverde bugun, 14-yanvar kuni «Barselona» bosh murabbiyligidan ketgani haqida xabar bergandik. Jamoaga uning o‘rniga «Betis» sobiq bosh murabbiyi, 61 yoshli Kike Seten keldi.

Ernesto Valverde sobiq jamoasiga xayrlashuv maktubi yozdi.

«Mening Barselonadagi davrim intihosiga yetdi. Bu og‘ir bosim ostidagi ikki yarim mavsum edi. Shu davrda juda baxtli onlarni boshdan o‘tkazdim, og‘ir damlar ham bo‘ldi. Tajribam, klubga sadoqatim yanada oshdi.

Prezident Xosep Bartomeu va direktorlar kengashiga jamoani boshqarish imkoniyatini berishgani uchun minnatdorlik bildiraman. Jamoa o‘yinchilari mehnati va intilishlari evaziga to‘rtta sovrinni yutdik, ularga alohida tashakkur. Barchangizga muvaffaqiyat, yangi bosh murabbiy Kike Setenga esa omad tilayman», — «El Mundo Deportivo» nashri Valverdining xatidan ushbu jumlalarni keltirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring