Vaksina olganlarga 750 ming so‘mdan berilayotgani haqida xabar tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ushbu xabar Sog‘liqni saqlash vazirligi nomidan ochilgan veb-sayt tomonidan tarqatilgan.
SSV matbuot xizmati holatga izoh berdi.
«Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va rasmiy manbalar orqali tasdiqlanmagan bu kabi uydirma xabarlarni tarqatuvchilar endilikda internetda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi nomidan maxsus sahifa ochib, odamlarni o‘z tuzog‘iga ilintirishga intilmoqda.
Xususan, vazirlikning rasmiy veb-sayti bilan bir xil dizaynda tayyorlanib, uning asosiy fonida vaksina olganlarga 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilishi aytilgan. Buning uchun shaxsiy ma’lumotlarni kiritish so‘ralgan.
Yuqoridagi axborot firibgarlik maqsadida tarqatilgan bo‘lib, u hech qanday rasmiy asosga ega emas», deyiladi izohda.
Vazirlik ishonchli axborot uchun rasmiy sahifalarni kuzatib borish so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter