Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA koronavirusni aniqlashda itlardan foydalana boshladi

BAA koronavirusni aniqlashda itlardan foydalana boshladi

Foto: «Yandex.by»

Birlashgan arab amirliklari Ichki ishlar vazirligi koronavirusga chalingan bemorlarni aniqlashda politsiyada xizmat qilayotgan itlardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi, deyiladi vazirlik bayonotida.

«Vazirlik koronavirus tarqalishining oldini olishda politsiyachi itlardan foydalanish maqsadida olib borilgan mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tugatdi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, itlarga ikki hafta davomida koronavirus infeksiyasi namunalarini hidlatishgan. Natijada insonning eng yaqin do‘stlari koronavirusni yuqtirgan bemorlarni 92 foizgacha aniqlik bilan topishni o‘rganib olishdi. Endi odamlar ko‘p to‘planadigan katta-katta muassasalarda itlardan bemalol foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, BAA IIV itlardan sil va bezgak kabi boshqa xavfli kasalliklarni aniqlashda ham foydalanishga qaror qilgan.

Dubay ma’muriyati 7-iyuldan koronavirusga tahlil natijasi salbiy chiqqanligini tasdiqlovchi ma’lumotga ega xorijlik sayyohlarning amirlikka kirishiga ruxsat berdi. Avvalroq amirlik hukumati BAA va chet el fuqarolariga xorijga chiqish taqiqini olib tashlagandi.

BAA Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, pandemiya boshlangandan buyon mamlakatda 53 ming kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, ulardan 327 nafari vafot etgan, 42 282 kishi tuzalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring