Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KXDRda 500 kishi karantinga olingan

KXDRda 500 kishi karantinga olingan

Foto: «Global Look Press»

Shimoliy Koreyada 700 kishi koronavirusni aniqlaydigan testdan o‘tkazildi. Xabar qilinishicha, 2 aprel holatiga ko‘ra mamlakatda 500 kishi karantinga olingan edi.

Ammo rasmiy Pxenyan KXDRda koronavirusga chalinganlar borligini inkor etib kelmoqda. Garchi mamlakat kasallik o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy va Janubiy Koreya bilan chegaradosh bo‘lsa-da, hozirga qadar koronavirusga chalinganlar borligi haqida ma’lumot berilmagan.

2 aprel holatiga ko‘ra KXDRda 709 kishi — 11 nafar xorijlik fuqaro va 698 nafar mahalliy aholi vakillari testdan o‘tkazilgan. Ulardan kasallik aniqlangani xabar qilinmagan. Ayni vaqtda ikki xorijlik fuqaro va 507 nafar KXDR fuqarosi karantinda bo‘lib turibdi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring