Xitoyda robot ot yaratildi
Xpeng Motors kompaniyasi birinchi robotlashtirilgan otni taqdim etdi. Texnologik uskunalar nuqtai nazaridan ixtironi avtopilot bilan jihozlangan avtomobilga qiyoslash mumkin. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Robot otning akkumulyator o‘rnatilgan to‘rt oyog‘i, kameralar o‘rnatilgan bo‘yni va tumshug‘i bor.
Qurilma bolalar o‘yinchog‘i hisoblanadi. Robot ot odamni mindirishi, teginganda javob qaytarishi va hatto egasi bilan muloqot qilishi mumkin. Yangi qurilmaning narxi hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter