Qashqadaryoda koronavirusdan vafot etgan tibbiyot xodimlari ro‘yxati e’lon qilindi
Qashqadaryoda koronavirusga qarshi kurash davomida vafot etgan tibbiyot xodimlarining oilalariga bir martalik yordam pullari berildi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qashqadaryoda 27 nafar shifokor va hamshira koronavirusga qarshi kurashish paytida, ya’ni xizmat vazifasini bajarish davrida vafot etgan. 8 oktyabr, tibbiyot xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan shifokorlarning oilalariga 10 million so‘mdan, hamshiralarning oilalariga 5 million so‘mdan bir martalik yordam pullari yetkazilgan.
Ular quyidagilar:
- Nurmatov Sherali Nazarovich — Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.
- Muzaffarov Raul Kamolovich — Viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati epidemiologiya bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.
- Ko‘charov Xo‘ja Umarovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali toksikologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.
- Yakubov Kengboy Ibragimovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali rentgenolog shifokori bo‘lib ishlagan. Koson tumani.
- Boymurodov Xanjar Boxorovich — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali neyroxirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.
- Imomov Buron Buriyevich — Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yiringli xirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani.
- Vazirov Bekmurod Ma’diyevich — Viloyat 1-son asab-ruhiy kasalliklar dispanseri 6-psixiatriya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.
- Abiraxmatov Parda Xaitovich — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi, Qovchin QVP umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.
- Raximov Sayfulla Karimovich — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo xirurgiya bo‘limi shifokori bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.
- Ko‘chimova Setora Eraliyevna — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo terapiya bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.
- Elmurodova Elnora Nuriddin qizi — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo xirurgiya bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.
- Toshpo‘latova Saodat Tojiyevna — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.
- Chaqqonova Barno Muxiddinovna — G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi ShTYo terapiya bo‘limi ozodalik xodimasi bo‘lib ishlagan. G‘uzor tumani.
- Ismatova Mahbuba O‘rinovna — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani.
- Omonova Navbahor Raxmatullayevna — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 57-qishloq oilaviy poliklinikasi akusher-ginekolog shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.
- Xudoyberdiyeva Dilbar Raxmanovna — Qarshi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi immunolog vrachi bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani.
- Jo‘rayev Bahodir Kenjayevich — Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi 52-qishloq oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori bo‘lib ishlagan. Qarshi tumani.
- Qo‘shoqov Husan Pardayevich — Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Dehqonobod tumani.
- Saodatov Bobomurod Qaxxarovich — Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi 3-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi bo‘lib ishlagan.
- Utanov Qulmuhammad — Dehqonobod ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi teri-tanosil kasalliklari shifokori bo‘lib ishlagan.
- Ibragimov Ashur Rahmatullayevich — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi 51-son qishloq oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi bo‘lib ishlagan. Qamashi tumani.
- Suyunov Baxtiyor Turdiyevich — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi TTYo bo‘limi vrachi bo‘lib ishlagan. Qamashi tumani.
- Xidirova Hadicha Nazarovna — Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qamashi tumani.
- Nazarov Mamayoqub Usmonovich — Kitob tuman tibbiyot birlashmasi reanimatolog shifokori bo‘lib ishlagan. Kitob tumani.
- Ashurov To‘lqin Abdullayevich — Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Qarshi shahri.
- Ismoilova Shoira Negmatovna — Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi akusher-ginekolog shifokori bo‘lib ishlagan. Shahrisabz shahri.
- Fayziyev Shukrullo — Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi pediatr shifokori bo‘lib ishlagan. Shahrisabz tumani.
«Shifokorlik kasbini yoshligidan sevib, tibbiyot oliygohlarida o‘qib, umrini shu kasbga bag‘ishlagan va pandemiya paytida vafot etgan yuqoridagi vohadoshlarimiz orasida 1995-1985 yillarda tug‘ilgan hamda yarim umrini shu sohaning sir-asrorlarini o‘rganishga bag‘ishlab, endigina turmush qurgan yoki faoliyatini endi boshlaganlari ham bor edi. Afsus...
Ularning jasorati va fidoyiligi qalblarimizda mangu yashaydi», — degan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi har yili Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter