Farg‘onalik erkak rashk tufayli turmush o‘rtog‘ining umriga zomin bo‘ldi
2019 yil 9 mart kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi Sh.G‘. mast holda uyida rashk oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i G.G‘. (ismli ayol)ning bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Natijada G.G‘. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Sh.G‘. ushlangan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter