41 mln so‘mlik «uzumni yeb», pulini bermagan shaxsga nisbatan ish ochildi
4-avgust kuni Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida fuqaro Yu.M. tanishi X.Q.ning ishonchiga kirib narxi 41.000.000 so‘mlik uzum mevalarini olgan. So‘ng bir kun muddatda uzum pullarni olib kelib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan uzum mevalarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter