Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi

Foto:«Zamin.uz»

Hukumat qarori bilan Otabek Sodiqovich Mustafoyev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Mazkur agentlikning asosiy vazifasi uzumchilik va vinochilik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan kompleks maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi 2019-yilning 5-fevral kuni Prezident farmoni bilan bilan tashkil etilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring