UZTELECOM Toshkentdagi Amiti universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi (foto)
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tegishli hamkorlik Memorandumini imzolab, Toshkentdagi Amiti universiteti bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatdi.
Ushbu memorandumning asosiy maqsadi – tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, anjumanlar, seminarlar, akademik mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishdan iborat.
Shu bilan bir qatorda, talabalarni o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish va universitet bitiruvchilarining keyingi amaliyotiga ko‘maklashish, AKT sohasida eng yaxshi xalqaro tajribani joriy etish, mazkur sohada kadrlar tayyorlash sifatini oshirish ham Memorandumning maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Toshkentdagi Amiti universiteti tadqiqot, yaxlit rivojlanish, xalqaro korporativ tajriba va ilmiy mahoratga asoslangan boy ta’lim tajribasiga ega o‘quv muassasasi hisoblanadi.
Universitet oliy ta’limning turli sohalarida, shu jumladan, axborot texnologiyalari, menejment, iqtisodiyot va turizm sohalari bo‘yicha bakalavriat hamda magistratura bosqichlarida kasbiy yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini taklif qiladi. Universitetda O‘zbekistonning strategik qarashlariga mos keladigan istiqbolli tadqiqotlarga doir ta’lim jarayoni jahon standartlari darajasida olib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter