«Uzbekistan Airports»ga rais tasdiqlandi
Javlonbek Umarxodjayev «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi - kompaniyaning yagona aksiyadori qaroriga muvofiq, Javlonbek Oybekovich Umarxodjayev 2024- yil 20-iyun kuni «Uzbekistan Airports» AJ boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi. U 2023 yil 9 avgustdan beri boshqaruv raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimida kompaniyaga rahbarlik qilgan edi.
Javlonbek Umarxodjayev mehnat faoliyatini 2008 yilda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasida boshlagan. 2009-2018 yillarda MAK aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2018-2021 yillarda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Toshkent-Sharq» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kapital qurilish direksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va texnik direktori lavozimlarida ishlagan. 2021-2023 yillarda «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter