Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyidan «Malibu»da chiqib ketgan toshkentlik fuqaro bedarak yo‘qoldi

Uyidan «Malibu»da chiqib ketgan toshkentlik fuqaro bedarak yo‘qoldi

Foto: «OLX.uz»

20-avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi Madina Abdullayeva IIBga murojaat qiladi. Uning ma’lum qilishicha, shu kuni soat 09.00larda birga yashovchi turmush o‘rtog‘i 1983-yilda tug‘ilgan Saidmunnavarxon Abdullayev o‘zining oq rangli «Malibu» (davlat raqami 01 Z 990 TA) avtomashinasini uyidan noma’lum tomonga haydab chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, S.Abdullayevni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, agar siz S.Abdullayevni va uning boshqaruvida bo‘lgan avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring