Uxanda bemorlarga ruxsat berilib, vaqtincha gospitallarning hammasi yopildi
Uxan shahrida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni qabul qilish uchun tashkil etilgan 14 ta vaqtincha gospitalning hammasi bemorlarga ruxsat berilgach, yopildi, deya xabar berdi Xitoy ommaviy axborot vositalari.
«10-mart kuni Uxan stadionidagi «Uchan» vaqtincha gospitalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uxandagi barcha vaqtincha gospitallar orasida «Uchan» oxirgi bo‘lib dam olish tartibiga o‘tdi. Hozir bemorlarning so‘nggi guruhiga to‘liq ruxsat beriladi», — deb yozadi «RIA Novosti» nashri.
Yangi tipdagi koronavirus epidemiyasidan so‘ng Uxanda bir qancha stadion va ko‘rgazmali markazlar vaqtincha gospitalga aylantirilgandi. Epidemiologik vaziyat yaxshilangani va kasallanganlar soni kamaygani bois gospitallar yopila boshladi.
So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir kecha-kunduzda epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida 17 ta virusni yuqtirish holati qayd etildi (17 taning barchasi Uxan shahrida), 1 152 kishiga shifoxonadan ruxsat berildi (896 tasi Uxanda), 17 ta o‘lim holati qayd etildi (16 tasi Uxanda). Epidemiya boshlangandan buyon provinsiyada 67 760 ta yuqtirish holati aniqlangan (49 965 tasi Uxanda), 47 585 ta bemor tuzaldi, 3 024 nafari hayotdan ko‘z yumdi (2 404 tasi Uxanda). Ayni vaqtda provinsiyada 17 151 kishi og‘rimoqda, ulardan 4 701 nafari og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter