Urganch «qizil»ga o‘tgani uchun cheklovlar qayta joriy qilindi
![Urganch «qizil»ga o‘tgani uchun cheklovlar qayta joriy qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1539106046.jpg)
Urganch shahri «qizil» toifadagi hududga kiritilganligi munosabati bilan qator cheklovlar qayta joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalashining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 maydagi yig‘ilish bayoni bilan belgilangan vazifalardan kelib chiqib, joriy yil 6 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududlar toifasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi axborotida Urganch shahri «qizil» toifadagi hududga kiritilganligi munosabati bilan quyidagi cheklovlar qayta joriy qilindi:
- avtomashinalarni yuvish shoxobchalari faoliyati, avtomobillar, qishloq ho‘jaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati;
- hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta’mirlash ustaxonalari faoliyati;
- park va istirohat bog‘lari faoliyati;
- nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo faoliyati, zargarlik va gul sotish do‘konlari faoliyati;
- yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashish faoliyati;
- jamoat transporti harakati faoliyati;
- barcha turdagi ommaviy tadbirlar (konsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari), oilaviy tantana, ma’raka va marosimlari (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) faoliyati;
- buyum bozorlari faoliyati;
- savdo majmualari faoliyati;
- sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyati;
- sport zallari va fitnes klublar, spa va massaj salonlari faoliyati;
- tungi klub va diskotekalar faoliyati;
- karaoke va bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari, kompyuter o‘yinlari faoliyati;
- umumiy ovqatlanish korxonlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (yetkazib berish uchun tayyorlash bundan mustasno);
- yaxna ichimlik savdo nuqtalari faoliyati;
- ta’lim tashkilotlari (bog‘cha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar) o‘quv kurslari faoliyati;
- mehmonxonalar, shuningdek, xostellar va mehmon uylari faoliyati;
- davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar qabuli faoliyati;
- o‘zini-o‘zi yakkalash hayot tarzi (65 yoshdan oshgan shaxslar uchun) majburiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter