Urganchda markaziy dehqon bozori raisi xizmat xonasida ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIVning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbirda o‘tkazildi.
«Urganch markaziy dehqon bozori» AJ boshqaruv raisi Sh.R. yakka tartibdagi tadbirkor S.K.ga tegishli go‘sht mahsulotlari sotishga mo‘ljallangan savdo shoxobchasini bozor hududidagi yengil tipdagi ko‘chma savdo shoxobchalari dislokatsiyasiga kiritib, hujjatlarini rasmiylashtirib berganligi evaziga o‘z xizmat xonasida 300 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter