Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Un narxi oshganiga rasmiy izoh berildi

Un narxi oshganiga rasmiy izoh berildi

Foto: Xabar.uz

Moliya vazirligi depertament mudiri To‘lqin Mirzayevning aytishicha, bozorlarda un narxi ko‘tarilgani vaqtinchalik holat, narx hali tushadi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan matbuot anjumanida oshgan un narxi yuzasidan munosabat bildirilgan: «Ha, bozorlarda un narxi ko‘tarilgani haqiqat. Biroq bu — vaqtinchalik holat», degan vazirlik xodimi.

Uning aytishicha, narx oshishining asosiy sababi — Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi siyosiy inqiroz tufayli jahon bozora yuzaga kelgan holat hamda import qilinayotgan un narxi qimmatligi bilan bevosita bog‘liq. Ammo O‘zbekistonda yetarli ravishda un zaxirasi mavjud. Yaqin kunlarda bozorga qo‘shimcha 50 ming tonna mahalliy un kiritiladi. Shu orqali narx barqarorlashishi aytilgan.

«Un narxining erkinlashishi — raqobat muhitini yuzaga keltiradi. Narxlar oshmaydi, faqatgina Toshkent shahrida qolipli non (xalq ta’lida — buxanka) narxida o‘zgarish bo‘lishini kutyapmiz. Bozorlarda esa, aksincha, narx tushishi prognoz qilinyapti. Qo‘pol qilib aytganda, bozor «o‘pkasini bosib olishini kutyapmiz», — degan Mirzayev.

Ayni paytda bozorlarda un narxi o‘rtacha 12 foizga oshirilgan. Ertadan buxanka non narxi 2800 so‘m bo‘lishi kutilyapti. Hozir 1600 so‘mdan sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 1 iyundan davlat xizmatchilarining oylik ish haqlari ham 12 foizga oshiriladi. Shuning uchun bozorlarda ko‘p mahsulotlar narxi va benzin ham oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring