Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umrni qisqartiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari

Umrni qisqartiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari

Foto: «Turan-travel.com»

Kundalik taomnomaga kiritilgan ba’zi mahsulotlar inson umrini qisqartirishi mumkin. Bu haqda amerikalik diyetolog Mayo Ketrin Zeratski so‘zlariga tayanib Eat This, Not That sayti xabar berdi.

Mutaxassisning aytishicha, qand, qizil go‘sht, qovurilgan va yarim tayyor mahsulotlarni iste’mol qilish hayot sifati va davomiyligiga ta’sir qilishi mumkin. Spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida aytilganlarning hammasini Zeratski taomnomadan chiqarib tashlashni maslahat beradi.

Diyetologning ta’kidlashicha, qizil go‘sht saraton va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. Bekon, kolbasa va konservalar ham xavfli.

Non va yarim tayyor mahsulotlar tarkibida qand va to‘yingan yog‘lar ko‘p. Bu taomlarning kaloriyasi yuqori, lekin oziqlantiruvchi moddalari kam.

Zeratski issiqlik bilan minimal ishlov berilgan mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya etadi. Chunki ularda foydali moddalar ko‘proq saqlanib qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring