Umraga borish oldidan ota ikki farzandiga 144 mln so‘m to‘ladi
Ijro hujjati yuzasidan qarzdorliklar mavjud bo‘lgan taqdirda fuqaroning mamlakatimiz hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklab (taqiq) qo‘yiladi.
Chetga chiqish istagida bo‘lgan shaxs qarzdorlikni to‘lashi lozim bo‘ladi, shundagina ijro hujjati yakunlanadi va qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanadi.
Umra safariga otlanayotgan A.A. ham oldiniga bolalari haqini ado etishni va shu bilan birga, o‘ziga nisbatan chetga chiqishi uchun qo‘yilgan cheklovni bekor qilinishini anglagan holda sobiq ayoli bilan kelishuv yo‘lini tanladi.
Ikki nafar bolaning onasi Z.S. besh yillik aliment pullari, ya’ni 144 mln so‘mni aliment to‘lovi uchun oldindan oldi va o‘rtadagi kelishuvga muvofiq ijro ishi tamomlandi. Shu bilan, aliment to‘lovchi ota A.A.ning Umra safariga borishi uchun yo‘llar ochildi, deb xabar bermoqda Byuroning Andijon shahar bo‘limi davlat ijrochisi Hojiakbar Solohidinov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter