Ukrainaning eng boy kishisi Rossiyani sudga berdi

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning eng boy kishisi Rinat Axmetov Rossiya tomonini sudga berdi.
Axmetov Rossiya egallab olgan Donetsk va Lugansk viloyatlarida yo‘qotilgan aktivlari uchun tovon to‘lashni talab qilmoqda. Bu haqda Axmetovning sarmoyaviy guruhi matbuot xizmati ma’lumot bergan.
«Axmetov investor sifatida Rossiyadan faoliyatga aralashish yoki aktivlar va investitsiyalarni ekspropriatsiya qilish natijasida unga yetkazilgan barcha zararlar uchun tovon undirishni talab qiladi», — deyiladi xabarda.
Tadbirkor 2014-yildan boshlab Rossiyadan barcha yo‘qotishlar uchun tovon undirmoqchi.
Forbes Ukraine ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil oxiriga kelib, Axmetovning boyligi 13,7 milliard dollardan 4,4 milliard dollargacha qisqargan, ammo u eng boy ukrainalik bo‘lib qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter