Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainalik yana bir yuqori martabali amaldor iste’fo berdi

Ukrainalik yana bir yuqori martabali amaldor iste’fo berdi

Foto: President.gov.ua

Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qildi.

U o‘zining Telegram-kanalida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy nomiga yozilgan arizaning suratini e’lon qildi. Zelenskiy iste’foni qabul qilgan. 

Manbalarga ko‘ra, Timoshenko o‘rniga Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Aleksey Kulebani tayinlanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Sumi, Dnepropetrovsk, Zaporoje va Xerson viloyatlari harbiy ma’muriyatlari rahbarlari ham iste’foga chiqadi.

Avvalroq yana bir siyosiy arbob Aleksey Arestovich prezidentning shtatdan tashqari maslahatchisi lavozimidan ketgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring