Ukraina yana o‘qqa tutildi. Odamlar yashayotgan uyga raketa tushdi (foto)

Bugun, 14-yanvar kuni tushdan keyin Ukraina yana o‘qqa tutildi. Dneprda to‘qqiz qavatli binoga raketa kelib urilgan. Binoning bir qismi qulab tushgan, uy yonida turgan mashinalar yonib ketgan.
Dnepr merining aytishicha, hujum natijasida shaharning bir qismi elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, raketaning ko‘p qavatli uyga tushishi oqibatida besh kishi halok bo‘lgan. Yana 39 kishi jarohatlangan, dedi Dnepropetrovsk viloyati ma’muriyati rahbari Valentin Reznichenko.
Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenkoning aytishicha, vayronalar ostidan 15 kishi qutqarib olingan. Yana qancha odam qolgani noma’lum.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba G7 davlatlari va Yevropa Ittifoqini Dnepr o‘qqa tutilganidan keyin Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter