Ukraina ichki ishlar vaziri va uning birinchi o‘rinbosari halok bo‘ldi

Ukrainada vertolyot qulab tushishi oqibatida mamlakat ichki ishlar vaziri va uning birinchi o‘rinbosari hamda vazirlik davlat kotibi halok bo‘ldi.
Kiyev viloyatining Brovari shahridagi bolalar bog‘chasi yaqinida 18 yanvar, chorshanba kuni ertalab vertolyot qulab tushdi, voqea joyida yong‘in chiqdi.
Ukraina Milliy politsiyasi ushbu aviahalokatda Ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy, uning birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Enin va Ichki ishlar vazirligi shtat kotibi Yuriy Lubkovichning halok bo‘lganini tasdiqladi.
Hodisa oqibatida jami 18 kishi, jumladan, 3 nafar bola halok bo‘lgan. Ulardan 9 nafari vertolyot bortida bo‘lgan.
Shuningdek, 26 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 12 nafari bolalardir.
Vertolyot turar joy va bog‘cha yonida qulagan, hozirda surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter