Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch xotiniga aliment to‘lamagan erkakning qarzini to‘rtinchi ayoli uzdi

Uch xotiniga aliment to‘lamagan erkakning qarzini to‘rtinchi ayoli uzdi

Uch nafar sobiq xotinidan aliment qarzdorligi uchun 15 sutkaga qamalgan erning qarzlarini uning 4-xotini to‘ladi. 

Aliment to‘langani uchun ushbu shaxs qamoqdan ozod qilingan.

Toshkent shahri Yashnobod tumanida uch nafar sobiq xotiniga farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lamagan sabab 15 sutkaga qamalgan ota jazoni to‘liq o‘tamasdan ozod qilindi. Bu haqda Bu haqda MIB axborot xizmati xabar qildi. 

Ushbu shaxsning farzandlari ta’minoti uchun 2023 yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra qariyb 25 mln so‘m aliment qarzdorligi bo‘lgan. 

Qarzdorlik erning amaldagi turmush o‘rtog‘i tomonidan to‘liq to‘langan.

Natijada sud tomonidan qarzdorga nisbatan to‘plangan hujjatlar qayta ko‘rilib, yetkazilgan zarar miqdori qoplangani sababli u jazoni to‘liq o‘tamasdan ozod qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring