Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch nafar yengiltabiat qizni Turkiyaga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi

Uch nafar yengiltabiat qizni Turkiyaga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi

Samarqand aeroportida Qashqadaryo viloyatida yashovchi uch nafar yengil tabiat qizni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shahrisabz shahar IIBga shaharning «G‘alaba» MFYda yashovchi ayol N.S. moddiy tomondan qiynalgan qizlarni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun yubormoqchi bo‘lgani haqida xabar tushgan.

N.S. Turkiyada bo‘lgan tanishi T.D. va boshqalar bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. So‘ng, 25-30 yoshli yengil tabiatli U.Sh. A.G. va J.L.ga «Samarqand–Turkiya» yo‘nalishidagi samolyotga o‘z hisobidan 1 500 AQSh dollariga chipta sotib olib bergan.

Bu uch xotin-qiz Samarqand xalqaro aeroportida samolyotga chiqayotganida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring