Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qotil qo‘shni». Toshkent viloyatida ro‘y bergan dahshatli jinoyat tafsilotlari bugun TVda namoyish etiladi (video)

«Qotil qo‘shni». Toshkent viloyatida ro‘y bergan dahshatli jinoyat tafsilotlari bugun TVda namoyish etiladi (video)

Foto: facebook.com/prokuraturauzb

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi 8 yil davomida 3 nafar qo‘shnisining turli yoshdagi voyaga yetmagan farzandlarini o‘ldirgan Zohid Otaboyev umrbod qamoq jazosiga hukm etdi. Bu haqda Bosh prokuraturaning «Facebook»dagi sahifasida xabar berildi.

Tergov davomida Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, «Xonobod» MFYda yashagan Zohid Otaboyev turli yillarda 2003 (Sh.M.), 2005 (Yo.U.) va 2014 (O.S.) yilda tug‘ilgan voyaga yetmaganlarni qasddan o‘ldirib, ularning murdasini o‘z hovlisiga ko‘mib qo‘ygani aniqlangan.

Qotilga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «a» va «v» bandlari (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda — ikki yoki undan ortiq shaxsni, aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mudhish jinoyat tafsilotlari bugun «O‘zbekiston 24» telekanalida soat 18:10da namoyish etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring