Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell. VoLTE/ViLTE texnologiyalarining yangi ufqlari

Ucell. VoLTE/ViLTE texnologiyalarining yangi ufqlari

Ucell butun O‘zbekiston bo‘ylab VoLTE/ViLTE texnologiyalarini joriy etdi. Endilikda kompaniya abonentlari hamma joyda tiniq ovoz va yuqori sifatli videolardan foydalanishlari mumkin.

COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) O‘zbekistonning LTE tarmog‘i qamrovi mavjud bo‘lgan aholi punktlari bo‘ylab VoLTE (LTE orqali ovoz) va ViLTE (LTE orqali video qo‘ng‘iroqlar) ilg‘or texnologiyalarini joriy etishni muvaffaqiyatli yakunladi.

Mazkur yangilikni joriy etish 19 oktyabr kuni Navoiy viloyatidan boshlanib, bir oy davomida mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oldi. U ishga tushirilganidan beri yuz minglab obunachilar texnologiyaga ulandi va ularning soni kundan-kunga ortib bormoqda.

VoLTE/ViLTE texnologiyalari butun O‘zbekiston bo‘ylab Ucell abonentlariga lahzali ulanish orqali nafaqat qulayroq va samarali muloqot qilish, balki muloqot davomida yuqori sifatli ovoz va tasvirdan bahramand bo‘lish imkonini beradi. 4G LTE tarmog‘i va VoLTE/ViLTE texnologiyalaridan foydalanganda, qo‘ng‘iroqlar va ma’lumotlarni uzatish bir vaqtning o‘zida yuz beradi.

Bu Ucellning ilg‘or aloqa texnologiyalari va yanada yaxshi aloqa tajribasini taqdim etishga sodiqligidan darakdir.

Quyida telefon sozlamalari orqali VoLTEga ulanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni topishingiz mumkin:

  1. IOS: Sozlamalar -> Uyali aloqa -> Parametrlar -> Ovoz va ma’lumot -> VoLTE -> Yoqish/O‘chirish
  2. Android: Sozlamalar -> Ulanish -> Mobil tarmoqlar -> VoLTE qo‘ng‘iroqlari -> Yoqish/O‘chirish
  3. VoLTE/ViLTE ulanishi quyidagi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kanallari orqali ham mavjud:
  • Ucell mobil ilovasida Xizmatlar -> Barcha xizmatlar -> Boshqa (VoLTE/ViLTE xizmatini tanlash ->Ulanish).
  • *818*1*1# USSD-so‘rovini yuborish.
  • Call-markazga 8123 raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish.

*Xizmatni faollashtirish uchun 4G ta’minotiga ega SIM-karta va VoLTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilma kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring