Turkmaniston-Eron chegarasida qolib ketgan haydovchi yurtdoshlarimiz vatanga qaytishni rad etdi

2020 yilning 7 mart kuni koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi chegara yopildi. Natijada 700 ga yaqin haydovchi, jumladan 11 nafar O‘zbekiston fuqarolari «Lutfobod» va «Saraxs» chegara nazorat-o‘tkazish punktlarida qolib ketgan edi.
O‘zbekistonning Tehron shahridagi Elchixonasi ushbu ma’lumotni tasdiqladi.
Elchixonaning konsullik bo‘limi 23 fevraldan buyon mazkur vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda. Ular transport vositalarini bojxona postlarida qoldirib, vatanga qaytishni rad etishdi
O‘zbekistonning Tehron va Ashxabod shaharlaridagi Elchixonalari vaziyatni nazoratga olgan hamda ushbu masalani hal qilish uchun Eron va Turkmanistonning tegishli organlari bilan doimiy muloqot olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter