Turkman prezidenti O‘zbekistonga keladi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yaqin vaqtlar ichida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda uning o‘zi bugun yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Tashrif davomida hamkorlik bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolanishi kutilyapti. Turkmanboshi bosh vazir o‘rinbosari Esenmurat O‘razgeldiyevga keyingi haftada bo‘lib o‘tadigan o‘zbek-turkman haftaligiga puxta tayyorlanishni topshirgan.
Keyingi haftada Toshkentda savdo iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy aloqalar bo‘yicha o‘zbek-turkman hamkorlik haftaligi doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Turkmanboshi ushbu yig‘ilishda oliy darajadagi kelishuvlar imzolanishini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter