Turkiyadagi zilzilada yana bir o‘zbekistonlik halok bo‘lgani aytildi

Joriy yilning 12 fevral kuni zilzila natijasida Shonliurfa shahrida vafot etgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi – namanganlik 42 yoshlik M.B.ning jasadi Istanbuldan Toshkentga yuborildi.
Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Bu zilzila keltirgan vayronalar ostida qolib vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining 4-chisidir.
Avvalroq, Qahramonmarashda vafot etgan namanganlik 40 yoshli N.M.ning, 11 fevral kuni Hatayda vafot etgan Andijon viloyatida tug‘ilgan 56 yoshlik U.H.ning jasadlari O‘zbekistonga jo‘natilgani hamda 7 fevral kuni Malatyada ham 1 nafar fuqaro (ayol) vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter