Turkiyadagi zilzilada bir o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, to‘rt hamyurtimiz bedarak yo‘qolgan

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlog‘ida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi.
Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik o‘zbeklar istiqomat qiladi.
Afsuski, 7-fevral (Toshkent vaqti bilan) soat 10.00 holatiga ko‘ra, zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani qayd etildi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.
Bundan tashqari, to‘rt nafar hamyurtimiz bedarak yo‘qolgan. Ularni topish bo‘yicha tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirda zilzila oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarimizga tegishli yordam ko‘rsatish va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida O‘zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi qoshida 24 soat faoliyat yuritadigan shtab tashkil etilgan bo‘lib, unga quyidagi raqam orqali murojaat qilish mumkin +90-538-035-85-34.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter