Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi zilzila bo‘yicha O‘zbekiston TIV rasmiy axborot berdi

Turkiyadagi zilzila bo‘yicha O‘zbekiston TIV rasmiy axborot berdi

Turkiyada ro‘y bergan zilzila to‘g‘risida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy axborotida O‘zbekiston tomoni ko‘plab qurbonlar va katta vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan hodisani chuqur qayg‘u bilan qabul qilgani aytiladi.

Shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirilib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishiga tilakdoshlik izhor qilinadi.

Vazirlik, shu bilan birga zilzila oqibatida O‘zbekiston fuqarolaridan jabrlanganlar, hozircha qayd etilmaganini ma’lum qilmoqda.

«2023-yil 6-fevral Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmadi», – deyiladi axborotda.

TIV O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Anqaradagi Elchixonasi (tel.: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) va/yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39) murojaat qilishlari mumkinligini ham eslatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan 7,4 balli zilzila ko‘plvb qurbonlar va vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgani haqida xabar qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring