Turkiyadagi ayanchli zilzila qurbonlari soni 50 mingdan oshdi

Turkiyada fevraldagi zilzila qurbonlari soni 50 ming kishidan oshdi.Bu haqda Milliyet nashri Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf yetish boshqarmasi (AFAD) rahbari Yunus Sezerga asoslanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, 50 096 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan, 107 204 kishi jarohatlangan.
Avvalroq zilzilalarda 49 589 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida 6600 dan ortiq xorijlik bor.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi, ushbu silkinishlar qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriyada vayronagarchiliklarga olib keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter