Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada zilzila paytida qulab tushgan turar-joy majmuasining arxitektori aeroportda hibsga olindi

Turkiyada zilzila paytida qulab tushgan turar-joy majmuasining arxitektori aeroportda hibsga olindi

Turkiyaning Hatay viloyatidagi zilzilalardan so‘ng butunlay vayron bo‘lgan Rönesans Rezidans turar-joy majmuasi bosh arxitektori Istanbul aeroportida mamlakatdan uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Sabah gazetasi.

«Uy-joy majmuasidagi 250 xonadonni sotish uchun millionlab lira olgan bosh pudratchi Mexmet Yashar Choshkun Chernogoriyaga uchib ketmoqchi bo‘lgan paytda Yangi Istanbul aeroportida qo‘lga olindi. Chiqish taqiqi Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan yuklangan», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, 2012 yilda qurib bitkazilgan turar-joy majmuasidagi kvartiralar 1,5 million liradan 3 million liragacha (2012 yil kursida 800 mingdan 1,6 million dollargacha) narxlarda sotilgan.

Biroq «jannat» deb e’lon qilingan uylar zilzila zarbasiga dosh bera olmadi – barcha 12 qavat bir zumda qulab tushdi, deb yozadi gazeta.

Qurilish kompaniyasining egasi va muhandisi Choshkunning ukasi qayerda ekani hali aniqlanmagan, 2017 yilda aka-uka ofisni Chernogoriyaga ko‘chirishgan.

Shuningdek, juma kuni ma’lum bo‘lishicha, 170 ga yaqin advokat tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan viloyatlardagi bir qator turar-joy majmualari pudratchilari ustidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, ularning mamlakatdan chiqib ketishini taqiqlashni talab qilgan.

Avvalroq, Turkiya Adliya vaziri Bekir Bozdag mamlakat janubi-sharqida sodir bo‘lgan vayronkor zilzila paytida binolarning qulashiga olib kelgan beparvolik uchun hech kim jazodan qochib qutula olmasligini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining (AFAD) ma’lum qilishicha, mamlakat janubida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar 20 318 nafarga, jarohatlanganlar esa 80 088 kishiga yetgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring