Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada «O‘zbekiston investitsion forumi» o‘tkazilishi mumkin

Turkiyada «O‘zbekiston investitsion forumi» o‘tkazilishi mumkin

Turkiyaning Anqara shahrida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchisi Abdulaziz Aqqulov va Turkiya Savdo-sanoat palatalari ittifoqi boshqaruvi a’zosi, Anqara Savdo birjasi raisi Faiq Yavuz bilan uchrashuv o‘zaro hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan o‘zaro hamkorlik uchrashuvida, 2018-yil 12-14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Savdo-sanoat palatalari uyushmasi va birjalar ittifoqi tarkibiga kiruvchi tashkilotning yig‘ilishda kelishilgan «O‘zbekiston investitsion forumi»ni Turkiyada o‘tkazish masalasi yuzasidan o‘zaro fikr almashib olindi.

Ushbu forumni joriy yil sentyabr oylarida Istanbulda tashkil etishni taklif qilindi.

O‘z navbatida Turkiya Respublikasi Savdo-sanoat palatalari ittifoqi boshqaruvi a’zosi, Anqara Savdo birjasi raisi Faiq Yavuz, TOBB tomonidan to‘liq barcha forumni o‘tkazishga aloqador davlat tashkilotlari va kerakli nodavlat tashkilotlar rahbarlari hamda salohiyatli sarmoyodorlarni jalb etgan holda tadbirni yuqori saviyada tashkil etish masalalarini o‘z zimmasiga olishini ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tomonidan esa, Istanbulda tashkil etiladigan forum doirasida Turkiyaning ma’sul davlat tashkilotlari rahbarlari va salohiyatli investorlariga O‘zbekistonning turizm sohasidagi investitsion jozibadorligini to‘laqonli ochib beradigan ma’lumotlarga boy taqdimotni namoyish etilishiga kelishib olindi.

Savdo-sanoat palatalari uyushmasi va birjalar ittifoqi (TOBB) 1950-yil 8-martda tashkil etilgan.

Ushbu tashkilot, xususiy sektorning davlat idoralarida manfaatlarini ifodalovchi Turkiyaning eng yirik nodavlat tashkiloti. Ittifoqning bugungi kundagi raisi Rifat Hisarkikliogludir.

Milliy qonunchiligiga muvofiq, Turkiya savdo va birjalar palatasiga a’zolik, xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun majburiydir. TOBB, Turkiyadagi 360 ta mintaqaviy savdo-sanoat va tovar birjalarini birlashtirib, hozirda 1 mln 600 ming ta tadbirkorlar va nodavlat notijorat tashkilotlardan iborat a’zolari mavjud. TOBBning raisini tashkilotga a’zo bo‘lgan tadbirkorlar ichidan ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring