Turkiyada kon portlashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Turkiya shimolidagi Bartin shahrida kon portlashi yuz berdi, qurbonlar soni 22 kishiga yetgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja Twitter’da ma’lum qildi.
Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja bergan ma’lumotga ko‘ra, Amasra shahridagi konda yuz bergan portlashida 22 kishi halok bo‘lgan, 40 nafarga yaqin konchi jabrlangan,
Ma’lumotlarga ko‘ra, 17 kishi jarohat olgan, sakkiz nafar jabrlanuvchi reanimatsiyada, ulardan biri samolyotda Anqaraga, besh nafari Istanbuldagi Bashakshehir shahar kasalxonasining kuyish markaziga olib ketilgan.
Portlash 300 metr chuqurlikdagi sodir bo‘lgan. Bu joyda 115 nafar konchi bo‘lib, ularning bir qismi evakuatsiya qilingan. 49 ishchi yer ostida qolib ketgan,
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter