Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari soni 15 mingdan oshdi
Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 12 391 kishiga yetdi, 62 914 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Suriyada esa qurbonlar soni 2992 kishiga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7,8 va 7,7 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘ldi, zilzila kuchi Suriyaning bir qancha hududlariga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Bu Turkiyada 1939 yildan beri sodir bo‘lgan eng qattiq zilzila bo‘ldi.
Mamlakatda 12 fevralgacha motam e’lon qilingan.
Qutqaruv va qidiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter