Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

Turkiya va O‘zbekiston harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

Bugun Anqarada O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirlari o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Dastlab Vazirlar yakkama-yakka muzokaralar olib borishdi. So‘ngra ikki davlat mudofaa vazirlari matbuotga qo‘shma bayonot berdi.

«Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi birodarlik qonuniga asoslangan munosabatlar strategik sheriklikning yuqori darajasida. Biz hamkorlikni jadal va muvaffaqiyatli rivojlantirmoqdamiz. Ayniqsa, so‘nggi davrda Prezidentlarimizning tashriflari va uchrashuvlari doirasida munosabatlarimiz sezilarli darajada kuchaydi. Biz ikki tomonlama foydali hamkorlikni ushbu yo‘nalishda davom ettirish uchun barcha sa’y-harakatlarni davom ettirmoqdamiz», dedi Turkiya mudofaa vaziri.

O‘zbekiston mudofaa vaziri Turkiyada sodir bo‘lgan terakt oqibatida qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, shunday dedi;

«Ishonchim komilki, Turkiya qurolli kuchlari bu qabih hujumlar aybdorlarini jazolaydi».

O‘zbekiston mudofaa vaziri Turkiya bilan juda foydali muzokaralar olib borganini va muhim shartnomalar imzolanganini ta’kidladi,

«Prezidentlarimizning uchrashuvlari harbiy sohadagi munosabatlarimizni yanada rivojlantirish uchun zamin yaratdi. Biz mudofaa sohasidagi hamkorligimizni yuqori darajadagi sheriklik va davlatlarimiz farmonlariga muvofiq rivojlantirmoqdamiz.Turkiya mudofaa sanoati sohasida dunyoning yetakchi mamlakatlari qatoriga kiradi. Shuning uchun biz ushbu sohadagi hamkorlikda muhim qadamlar qo‘yamiz», deydi general-leytenant Qurbonov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring