Turkiya Shvetsiyaga jiddiy ayblov qo‘ymoqda
Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Sulaymon Soylu Shvetsiya hukumatini mamlakatdagi prezidentlik saylovlariga aralashishga urinayotganlikda aybladi.
Unga ko‘ra, rasmiy Stokgolm Turkiya saylov komissiyasi va kuzatuvchilarga bosim o‘tkazuvchi uyushmaga homiylik qiladi. Bu haqda Aydinlik xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, «Oy ve Ötesi» deb nomlangan uyushma saylov qutilaridagi kuzatuv jarayonida ishtirok etmaydi, lekin uning vakillari «joylarga borib, odamlarga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda».
«Ularning saylov uchastkalarida ovoz beradigan odamlarga bosim o‘tkazishi saylov qonunchiligiga ziddir. Shvetsiya davlati «Oy ve Ötesi» uyushmasini moliyalashtiradi. Ularga pul yuboradi, lekin nima uchun? Turkiyadagi saylovlarga aralashish va tartibsizliklarni vujudga keltirish uchun. Bu juda aniq va ravshan», deydi vazir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter