Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya Qora dengizda topilgan gazni baholadi, 20 yilga emas — olti yilga yetadi

Turkiya Qora dengizda topilgan gazni baholadi, 20 yilga emas — olti yilga yetadi

Foto: «Reuters»

Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Dyonmez Qora dengizda topilgan tabiiy gaz zaxiralarini 65 milliard dollarga baholadi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

«Seysmik tadqiqotlar va burg‘ulashni o‘zimiz amalga oshiramiz», — ta’kidladi turk vaziri.

Ekspertlarga ko‘ra, topilgan gaz miqdori (320 milliard kub metr) mamlakat ehtiyojlarini avval taxmin qilinganidek 20 yil emas, olti yil qoplashga yetadi.

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on ushbu topilmani mamlakat tarixidagi eng yirigi deb baholagan va 2023-yildayoq undan foydalanish boshlanishini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring