Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Samarqandga yetib keldi
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Shanxay hamkorlik tashkilotining 22-sammitida ishtirok etish uchun Anqaradan Samarqandga yetib keldi.
Bortida Turkiya davlati rahbari bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 10:20 da poytaxt Esenbog‘a aeroportidan havoga ko‘tarilgan edi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Samarqandga Turkiya rahbari bilan birgalikda rafiqasi Emine Erdo‘g‘an va Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li hamda qator vazirlik va idoralar mutasaddilari ham tashrif buyurishgan.
Turkiya rahbari sammitda «maxsus faxriy mehmon» sifatida ishtirok etadi.
Prezident Erdo‘g‘anning 16-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan sammitda nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, qator ikki tomonlama uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter