Turkiya koronavirusni yuqtirish holati bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketdi

Turkiya koronavirusni yuqtirish holati bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketdi, «Worldometers» ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 86306 kishi kasalga chalingan.
19-aprel sanasida Turkiyada 3977 kishida COVID-19 aniqlandi.
Koronavirus eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar orasida Turkiya 7-o‘ringa ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi boshlangan Xitoyda virusni yuqtirganlar jami soni 82747 nafarni tashkil etgan. Ammo Xitoy virusni birinchilardan bo‘lib yengishga yaqin turibdi: yangi kasallar va vafot etayotganlar sanoqli, davolanayotganlar soni esa 1031 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter