«Tu-160» samolyotlari yangi jahon rekordi o‘rnatdi

Rossiyaning tovushdan tez uchuvchi «Tu-160» bombardimonchi samolyotlari 19-sentyabr kuni yangi jahon rekordi o‘rnatgani haqida «RIA Novosti» xabar berdi. Bu haqda RF Havo-kosmik kuchlari uzoq parvozlar qo‘mondoni, general-leytenant Sergey Kobilash jurnalistlarga ma’lum qilgan.
«Bugun uzoq parvozlar ikki ekipaji «Tu-160» strategik raketa tashuvchilarida uzoqqa parvoz qilish va parvoz davomiyligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi. Rossiya HKK uchuvchilari 25 soatdan ko‘proq vaqt havoda bo‘lib, 20 ming kilometrdan ortiq masofani uchib o‘tishdi», — dedi Kobilash. Uning ta’kidlashicha, ushbu toifa samolyotlarda hali hech kim bundan uzoq uchgan emas.
Xabarga ko‘ra, 24 soatu 24 daqiqalik oldingi rekord ham «Tu-160» tomonidan o‘rnatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter