Tripoli uchun jang: qurbonlar soni ko‘paymoqda
Liviya poytaxti Tripoli atrofidagi janglarda kamida 121 kishi halok bo‘lgan, 561 kishi turli darajada jarohat olgan. Bu haqda «France-Presse» agentligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga asoslanib xabar tarqatdi.
Avvalroq qurolli to‘qnashuvlarda 51 kishi halok bo‘lgani aytilgan edi. BMT va jahon hamjamiyatini tomonlarni murosaga chorlamoqda.
Ma’lumki, 4 aprel kuni Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar poytaxt Tripolini egallash uchun harbiy yurish boshladi. 2011 yilda mamlakat rahbari Muammar Kaddafi o‘ldirilganidan beri Liviyada beqarorlik hukm surib kelmoqda. Bu yerda ikkita hukumat paydo bo‘lgan: poytaxt Tripolida bosh vazir Faiz Saraj boshchiligidagi, xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hukumat faoliyat ko‘rsatsa, mamlakat sharqida Abdulloh Abdurahmon Taniy boshchiligidagi parlament va Liviya milliy armiyasi qo‘llab-quvvatlayotgan muvaqqat vazirlar mahkamasi shakllantirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter