Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Transafg‘on yo‘lagidan nima maqsadda foydalaniladi?

Transafg‘on yo‘lagidan nima maqsadda foydalaniladi?

Joriy yil 13–14 noyabr kunlari Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Pokiston Islom Respublikasiga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif doirasida Transport vaziri Ilhom Mahkamov Pokistonning Kommunikatsiya, temir yo‘llari, dengiz ishlari vazirligi, Savdo vazirligi, «NLC-Logistics» va «TCS» kabi yirik transport logistika kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston tomonlari o‘rtasida Transafg‘on yo‘lagi orqali multimodal transport tashuvlarini rivojlantirish, tashuvlarda undiriladigan yig‘im va to‘lovlar miqdorini qisqartirish, yuk tashuvlarini yengillashtirish hamda «O‘zbekiston – Afg‘oniston - Pokiston» temir yo‘l qurilishi loyihasini jadallashtirish maqsadida keyingi hamkorlik qadamlari belgilab olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring