Tramp va Kim Chen In oktyabrda yana uchrashishi mumkin

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Amerika prezidenti Donald Tramp bilan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi shu yil oktyabr oyida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi. Ammo uchrashuvning keyinroq o‘tkazilish ehtimoli ham yuqori.
«Sammit qachon o‘tkazilishini bilmayman. Shu yil oktyabr oyida o‘tkazilishi mumkin, lekin keyinroq o‘tkazilishining ehtimoli yuqori», – degan Pompeo «CBS» telekanaliga intervyu bera turib.
AQSh Davlat kotibining aytishicha, sammitning aniq vaqti va joyi hali ma’lum emas. Lekin Amerika tomoni sammitni o‘tkazish uchun sharoit yaratish ustida ishlayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter