Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp to‘rt soatlik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi: Oq Uy prezident sog‘lig‘i yuzasidan bayonot berdi

Tramp to‘rt soatlik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi: Oq Uy prezident sog‘lig‘i yuzasidan bayonot berdi

Foto:«The Mercury News»

AQSh prezidenti Donald Tramp to‘rt soatlik oldindan rejalashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Trampning shaxsiy vrachi Shon Konlining bayonotiga ko‘ra, uning sog‘lig‘i barqaror. Bu haqda «The Mercury News» yozmoqda.

AQSh prezidentlari odatda muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi, buning natijalari xalqqa ham e’lon qilib boriladi. Donald Tramp o‘z navbatida AQSh rahbarlari tarixida eng qari prezident sanaladi.

U 70 yoshida lavozimga kelgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda 69 yoshida prezident bo‘lgan Ronald Reygan turadi.

Trampning shifokori uning prezidentlik muddati yakuniga yetguncha va undan keyin ham ahvoli yaxshi bo‘lishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27-28-fevral kunlari Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan Vetnam poytaxti Xanoy shahrida uchrashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring