Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp o‘limga hukm qilinishi mumkin

Tramp o‘limga hukm qilinishi mumkin

Foto: «Vesti-24.com»

Al-Hashd ash-Shaabi rahbari o‘rinbosari Abu Mahdi Al-Muhandisning o‘limini tergov qilayotgan Bag‘dod sudi Amerika rahbari Donald Trampni hibsga olish to‘g‘risida buyruq chiqardi. Bu haqda Iroq Oliy sud kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ar-Rasaf sudining maxsus kuchlar rahbari o‘rinbosarining o‘ldirilishini tergov qilishga vakolatli sudyasi amaldagi Iroq Jinoyat kodeksining 406-moddasiga asoslanib, AQSh prezidenti Donald Trampni hibsga olishga order berish to‘g‘risida qaror qabul qildi, — deyiladi xabarda.

Sud hukmiga ko‘ra Trampga nisbatan o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin.

Ishga oid materiallarda video yozuv ham bor. Unda Amerika yetakchisi zarba berish to‘g‘risidagi buyruqni o‘zi berganini e’lon qilgan.

2020-yil iyun oyida Eron hukumati AQSh prezidentini yuqori martabali qo‘mondon Qosim Sulaymoniyni o‘ldirgani uchun hibsga olishga urindi. Ammo Interpol ularga rad javobini berdi. Chunki tashkilot «siyosiy, harbiy, diniy yoki irqiy xarakterdagi biror bir harakat yoki aralashuvlarni amalga oshira olmaydi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring