Tramp maxfiy ma’lumotni «Twitter»ga joylab yuborganlikda gumon qilinyapti
AQSh prezidentining «Twitter»dagi rasmiy sahifasida Eronning muvaffaqiyatsizlikka uchragan «Safir» raketasi haqida berilgan xabar aslida maxfiy ma’lumot bo‘lishi mumkin. Ushbu gumonni MSNBC telekanali ilgari surmoqda.
«Semnan kosmodromida «Safir» raketa-tashuvchisini uchirishga so‘nggi tayyorgarlik payti yuz bergan halokatli avariyaga Amerika Qo‘shma Shtatlarining daxli yo‘q. Men Eronga kosmodromda nima bo‘lganini aniqlashda omad va eng yaxshi tilaklarni bildiraman», — deb yozgandi Tramp o‘z sahifasida.
AQSh prezidenti o‘z matniga voqea joyidan olingan fotosuratni ham ilova qilgan. Jurnalistlarni aynan shu surat shubhalantiryapti, bu bilan keng auditoriya uchun mo‘ljallanmagan maxfiy ma’lumot ochiqlanmayaptimikin?
Rostdan ham savol tug‘iladi: bunchalik «detalli» fotoning «tagi» qayerda, qay yo‘l bilan olingan? Trampning maqsadi nima? Shubhali...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter