Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Eronga 24 soat muhlat berdi — Reuters

Tramp Eronga 24 soat muhlat berdi — Reuters

Foto: Anadolu Ajansı

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda oliy harbiy qo‘mondonlik va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar bilan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar berdi The New York Times.

Voqealardan xabardor manbalar nashrga ma’lum qilishicha, Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib borayotgan bir pallada AQShning Eron yadroviy ob’yektlari, xususan, Fordoga zarba berishdagi ishtiroki muhokama qilingan. Ayni paytda BAA, Iordaniya va Saudiya Arabistonidagi Amerika harbiy bazalarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Yaqin Sharqda jami 40 mingdan ziyod amerikalik harbiy bor.

Nashr qayd etishicha, Eronga zarba berish zarurligi borasida AQSh prezidentining eng yaqin maslahatchilari bir to‘xtamga kela olmayapti.

Reuters xabar berishicha, Tramp Eronga raketa va yadroviy dasturlaridan voz kechish va taslim bo‘lish uchun 24 soat muhlat bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring